Vitrinalarga yorliqlar va stikerlar
Savdo bo'limi yonidan o'tayotgan odamni atigi 3 soniyada qiziqtirishi kerakligini bilasizmi? Aks holda u yo’lida davom etadi. Va buni amalga oshirishning usullaridan biri - vitrinani stikerlar yoki yorliqlar bilan bezash. Asosiysi, ular yetarlicha yorqin va jozibali bo’lishi kerak.
Eng ko’p odamlar "Chegirmalar", "Aksiya" yozuvlariga, shuningdek, chegirmalarning aniq foizlariga e'tibor berishadi. Shunday qilib, agar sizning vitrinalaringiz hali ham bo'sh bo'lsa, bir yoki bir nechta stiker va yorliqlarga buyurtma berish vaqti keldi. Undan tashqari, bayram yoki yangi yil bezaklari haqida ham unutmang.
Yorliq va stikerlarni quyidagilarga chop etish mumkin:
-
O’z-o’zidan yopishuvchi qog’ozda: mat yoki yaltiroq
-
Oracal yoki Orajet o’z-o’zidan yopishuvchi plyonkalarda
Agar siz ishlab chiqarish materialini tanlashda qiynalayotgan bo’lsangiz, bizga yozing. Biz sizga plyonka yoki qog’oz turlarini, o’lchamni tanlashda yordam beramiz, narxlar bo’yicha konsultatsiya beramiz. Stiker va yorliqlarni chop etish o’lcham, tiraj va ishlatilayotgan materialga bog’liq bo’ladi.
Siz Copy.uz saytiga o’z maketingizni yuklashingiz yoki bizning dizaynerimizga maket loyihasini buyurtma berishingiz mumkin. Biz buyurtma tafsilotlarini aniqlashtiramiz, 24 soat davomida uni bajaramiz va ishlab chiqarilgan kunning ertasiga yetkazib beramiz.