Yorliqlar, laminatsiyali stikerlar, laminatsiyalangan yorliqlar chop etish
Yorliqlar va stikerlar-biznesingizga e’tiborni qarata oluvchi poligrafiyaning bir turi. Ularni quyidagilar uchun qo’llashingiz mumkin:
- bayramlar va mavsumiy chegirmalarga atab do’konni bezatish;
- suvinerlarga dekor sifatida;
- tovarlar markirovkasi uchun;
- polda reklama joylashtirish uchun;
- devor va polda ko’rsatuvchi belgilar uchun;
- Ish vaqti va jadvali haqida informatsiya uchunчасах;
- avtomobil, vitrinalar yoki jamoat transportlariga yopishtirish uchun;
- xaridorga sovg’a sifatida mahsulot bilan birga yuborish.
Yorliqlar chop etish uchun eng mashhur materiallar yaltiroq oq qog’oz va yaltiroq oq plyonka. Ikkala material ham yuqori zichlikka ega va mukammal rang berishni ta’minlaydi.
Ammo, vaqt o’tishi bilan namlik, quyosh nuri va boshqa ta’sirlar natijasida har qanday materialli yorliqlar yaroqsiz holga kelishi mumkin. Bunday mahsulotlar uzoq muddat xizmat qilishi uchun, laminatsiyali yorliqlarni tanlash tavsiya etiladi.
Laminatsiyali yorliqlar chop etish
Laminatsiya-bu poligrafiya mahsuloti yuzasiga plyonkali himoya qatlamini qo’llashdir. Ushbu qatlam materialga chidamliligi, shikastlanishga bardoshliligini, vizual jozibadorligini oshirib beradi. Laminatsiya haqida to’liqroq maqolada o’qishingiz mumkin.
Laminatsiya uchun yaltiroq va mat plyonkalar qo’llaniladi. Yaltiroq qatlam yorliqlarga yorqinlik beradi va ranglarni yanada jonli qiladi. Ammo quyosh nuri ta’sirida uning ustida porlash paydo bo'lishi mumkin. Mat plyonkada bu kamchilik yo'q. Shuningdek, u barmoq izlariga chidamli bo'lib, mahsulotga kamtarona va oliyjanob ko'rinish beradi, ranglar esa kamroq to'yingan ko'rinishi mumkin.
Stikerlarni laminatsiyalash afzalliklari:
- shikastlanishga chidamlilik;
- tashqi ta’sirlarga chidamlilik;
- ranglarni mukammal ko’rsatish;
- oson tozalash;
- uzoq vaqt xizmat qilish;
- narx va sifat uyg’unligi.
Copy.uz da laminatsiyalangan yorliqlar chop etish narxini jadvaldan ko’rishingiz mumkin. Laminatsiyalash yorliqlar narxini sezilarli darajada oshiradi degan fikrlar mavjud, ammo bunday emas. Copy.uz dan 50 ta laminatsiyalangan stiker nashriga buyurtma berishda uning narxi himoya qoplamasi bo‘lmagan o‘xshash stikerlarni tanlashga qaraganda atigi 7% ga qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, tiraj ortishi bilan tannarxdagi foiz farqi kamayadi.
Toshkentda laminatsiyalanga stikerlar ishlab chiqarish
Agar siz O’zbekistonda biznesingiz rivojlantirmoqchi bo’lsangiz va laminatsiyalangan stikerlar chop etmoqchi bo’lsangiz, Copy.uz sizga yordamga keladi. Nega aynan bizni tanlashingiz kerak?
- Mijozlar bilan ishlash. Biz har bir mijozimizga individual yondashamiz.
- Professionalizm. Copy.uz da eng so’nggi uskunalarda o’z ishini sevuvchi haqiqiy mutaxasislar faoliyat yuritadi.
- Ishning butun hajmini bajara oladi. Bizning tipografiya- poligrafiya ishlab chiqarish bo’yicha kompleks ishlarni bajara oluvchi mutaxasislar komandasidir- maket ishlab chiqarishdan tortib postpres jarayonlarigacha.
- Soat singari ishlaymiz. Biz buyurtmalarni o’z vaqtida bajaramiz, mijozlarning barcha xohish-istaklarini inobatga olamiz, Toshkentning 3 ta nuqtasida olib ketish imkoniyati mavjud va butun O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud.
Copy.uz nafaqat buyurtma asosida laminatsiyalangan stikerlar chop etadi, balki poligrafiyaning boshqa turlarining keng assortimenti mavjud.